"Navbahor" Toshkentda mashg'ulotlarni boshladi. Tarkibga ikki nafar yangi futbolchi qo'shildi, rejada xorij yig'ini ham bor

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2021, 18:46
Namanganning "Navbahor" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning dastlabki qismini yakunladi.

Rejaga ko'ra jamoa yig'inning navbatdagi bosqichini bugundan Toshkent shahrida boshlashdi. Mashg'ulotlar "To'qimachi" stadionida o'tkazildi.

No'mon Hasanov boshchilik qilgan bugungi mashg'ulotning ilk qismida futbolchilar jismoniy tayyorgarlikka e'tibor qaratishdi va kichik maydonda shug'ullanishdi. Ma'lum vaqtdan so'ng esa jamoa a'zolari katta maydonda to'p bilan ishlashdi. Darvozabonlar bilan doimgidek Pavel Sinelnikov shug'ullandi. "Lochinlar" poytaxtdagi yig'inni yakunlagach fevral oyida xorijda aniqrog'i Turkiyada tayyorgarlikni davom ettirishadi. Tarkib haqida gap ketar ekan yangi kelib qo'shilgan Quvondiq Ro'ziev va Bahrom Abdurahimov ishtirok etdi.

Birozdan so'ng mashg'ulotlardan olingan fotogalereyani saytimizda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

foto: Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia