

Kecha ertalab o'tkazilgan mashg'ulotdan keyin futbolchilarga qisqa muddatlik dam olish e'lon qilindi. Bugun jamoa a'zolari Toshkentda to'planib mashg'ulotlarni davom ettirishadi. “Sho'rtan”ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgan Abbos Otaxonov ma'lum vaqt davomida davolanish bilan band bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, “Paxtakor” bilan o'tadigan uchrashuv 28 aprel kuni “Paxtakor” markaziy o'yingohida bo'lib o'tadi.




