

Aynan shu sababli, Qo'qondagi uchrashuvdan so'ng jamoamiz a'zolari ham qisqa muddatlik tatilga chiqishgandi. Bir necha kun davomida hordiq chiqargan futbolchilarimiz bugundan mashg'ulotlarga kirishib, 14 oktyabr kuni “Buxoro”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlashadi. Ayni paytda barcha murabbiy va futbolchilar klub qarorgohida to'planishga ulgurishdi. Birozdan so'ng esa qisqa tatildan keyingi dastlabki mashg'ulot boshlanadi.



