Xususan, bugun tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan uchta yosh toifasidagi tarkib Andijondagi Mirjalol Qosimov nomidagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishishdi. “Navbahor-Umid” futbol maktabining sun'iy qoplamali maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ikkita g'alaba va bitta durang kuzatildi. 1997-98 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi o'yinda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.
1999-2000 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tgan bahsda esa “Navbahor-Umid” tarbiyalanuvchilari mehmonlar darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritib, yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchinchi uchrashuvda esa futbol maktablarining 2001-2002 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari maydonga tushishdi. Bu safar ham yosh “navbahor”chilar raqibdan har tomonlama ustun ekanliklarini amalda namoyish etishdi. Yakuniy natija esa 4:0 ko'rinishini oldi.