Eshitdik-da! "Navbahor" "Neftchi" futbolchisi uchun yiliga 2 mlrd so'm maosh to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
4 dek 2022, 11:45
"Neftchi" futbolchisi Abror Ismoilov yangi mavsum oldidan jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Ismoilovga "Navbahor" tomonidan qiziqishlar bor. Yangi mavsumda OCHL saralashida ishtirok etadigan Namangan klubi Ismoilov uchun yiliga 2 mlrd so'm maosh to'lashga tayyor turibdi.

Yakunlangan mavsumda Ismoilov "Neftchi" tarkibida 22 o'yinda maydonga tushib, 5 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia