"Navbahor" futbolchisiga bir qator jamoalar qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
1 dek 2025, 11:35
"Navbahor" yarim himoyachisi Shohmalik Komilovga 5 ta klub e'tibor qaratmoqda.

"Shohmalik Komilovning "Navbahor" bilan shartnomasi bugun tugadi. 

Unga "Lokomotiv", "Bunyodkor" va Superliganing yana 3 ta jamoasi qiziqmoqda, ammo futbolchi birinchi navbatda "Navbahor" va namanganlik muxlislar hurmati amaldagi jamoasi taklifini ko'rib chiqadi. Bu haqda futbolchining agenti Shahboz Beg'amov ma'lum qildi", – deyiladi xabarda. 

Ma'lumot uchun, Shohmalik Komilov ushbu mavsumda 30 o'yinda 1 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia