"Navbahor": Futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishdi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2017, 18:34
Avval xabar berganimizdek, jamoamiz a'zolari bugun Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.

Tibbiy ko'rikdan o'tilganligi sababli futbolchilar kunning ikkinchi yarmida tashkil etilgan mashg'ulotda qatnashishdi. O'z navbatida tarkibga darvozabon Nodir Ashurmatov va G'ayrat Jo'raevlarni qo'shilganligini aytib o'tish joiz. Ashurmatov o'tgan mavsumda “Andijon” jamoasi darvozasini qo'riqlagandi. Jo'raev esa muxlislarimizga yaxshi tanish. Yarim himoyachi ma'lum tanaffusdan keyin yana tarkibga qo'shildi.

Shuningdek, yana bir yarim himoyachi Bilol Sharofiddinovni ham jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashayotganligini qo'shimcha qilish mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz