"Navbahor": Dastlabki yig'in ertaga yakunlanadi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2016, 17:55
Mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz ertaga Namanganda tashkil etilgan dastlabki yig'inni yakunlaydi.

Ertalab bo'lib o'tadigan mashg'ulotdan keyin jamoamiz a'zolari Toshkentga yo'l olishadi. Bundan biroz vaqt oldin futbolchilarimiz navbatdagi  mashg'ulotlarni yakunlashdi. Ertalabki mashg'ulotlar “Markaziy” o'yingohning yugurish yo'lakchalarida olib borilgan bo'lsa kechki mashg'ulot “Dinamo” o'yingohida o'tkazildi. Xuddi oldingidek, bu safar ham murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratilgan mashqlarga e'tibor qaratishdi. Jamoamizning Toshkentdagi yig'ini chog'ida tarkibga bir qator futbolchilarni qo'shilishi kutilmoqda. Ayni paytda bu borada muzokaralar olib borilmoqda. Futbolchilarni jamoamiz safiga o'tishlari rasman hal etilgach bu haqda ma'lumot beramiz. Hozircha tarkibda o'zgarish ro'y berganicha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz