"Navbahor" 9 nafar futbolchi bilan xayrlashganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2023, 17:34
Xabaringiz bor, ayni paytda O'zbekiston Coca Cola Superligasida qishki transfer oynasi payti.

Shu bois, Superliganing barcha klublarida o'zgarishlar bo'lishi tabiiy. Mazkur o'zgarishlar albatta, "Navbahor"ga ham tegishli.

Oldinroq "lochinlar"ning serbiyalik 29 yoshli hujumchisi Zoran Marushich jamoani tark etganini ma'lum qilgandik.

Shuningdek, jamoaning yana bir qator futbolchilari yangi mavsumni boshqa klublarda davom ettirishga qaror qilishdi. Quyida shu haqda to'xtalamiz.

"Navbahor" tarkibini darvozabon Rahimjon Davronov, himoyachilar Rustam Ashurmatov, Boyan Ciger, Stanislav Andreev, yarim himoyachilar Azimjon Ahmedov, Nurillo To'xtasinov,  Diyorjon Turopov va qirg'izistonlik 32 yoshli hujumchi Mirlan Murzaev, shuningdek, Namangan klubida ijara asosida to'p tepgan rossiyalik 33 yoshli hujumchi Aleksandr Kasyan tark etdi.

Bu o'yinchilardan Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Boyan Ciger ("Kedax", Malayziya) va Mirlan Murzaev ("Moxammedan", Hindiston) o'z faoliyatini xorij klublarida, qolganlari esa yurtimiz jamoalarida davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати