"Nasaf": Nazorat uchrashuvida “Shaxtyor”ga mag'lub bo'ldik

Aziz Tukhtamuradov
14 yanv 2018, 21:32
“Nasaf” Turkiyadagi yig'in doirasida bugun yana bir nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Bu safar “ajdarlar” Qarag'anda shahrining “Shaxtyor” jamoasi bilan bahslashishdi.

Uchrashuv 0:2 hisobida qozog'istonliklar foydasiga hal bo'ldi. Quyida bugungi uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilarimiz bilan tanishing.

“Nasaf”: Mashhur Muhammadjonov, Ilhom Alijonov, Najmiddin Normurodov, G'olib G'aybullaev, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Islom Rashidxonov, Sardor Sulaymonov, Jahongir Aliev, Dilshod Xushbakov, Xudoyorxon Sag'dullaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Umidjon Ergashev, Sanjar Rashidov, Murodjon Toshmatov, Mirg'iyos Sulaymonov.                                            

Navbatdagi nazorat uchrashuvi Albaniya klubiga qarshi 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcnasaf.uz