“Nasaf” nazorat uchrashuvida "Mashal" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2021, 19:41
O'zingizga ma'lum, FIFA kunlari sababli Superligada to'xtalish yuz berdi.

"Bugun “ajdarlar” qisqa tanaffusdan unumli foydalangan holda, nazorat uchrashuvida Muborakning “Mashal” jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Shohmalik Komilov hisobni ochgan bo'lsa, Shahzod Shaymanov 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni tengalashtirdi. Ammo ikkinchi bo'limda vakillarimiz ishonchli harakat qilishdi. Abubakr-Rizo Turdialiev o'z aldamchi haraktlari bilan “gazchilar” himoyasini dog'da qoldirdi va hisobni 2:1 ko'rinishga keltirdi. Bellashuvdagi so'nggi golga Doniyor Narzullaev mualliflik qildi. Uning tepgan to'pi raqib darvozasining olis burchagiga borib tushdi", – deya xabar berdi "Nasaf" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати