"Nasaf" "Gurnik"ni mag'lub etdi

Qarshining "Nasaf" jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan yig'ini doirasidagi o'zining ikkinchi nazorat bahsini o'tkazdi.
Bu safar Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi Polshaning "Gurnik" klubi raqiblik qildi.
Uchrashuvda yagona bo'lgan golni "ajdarlar" sardori Artur Gevorkyan bellashuvning 67-daqiqasida kiritishga muvaffaq bo'lgan va "Nasaf" bu bahsda g'alaba qozongan deya xabar bermoqda "Nasaf" klubining tvitterdagi rasmiy sahifasi.

Manba: championat.asia