“Nasaf” Faysal Traoreni nega Turkiyaga olib kyetmadi?

Narzulla Saydullayev
8 fev 2020, 14:06
Xabaringiz bor, ivuarlik yarim himoyachi Faysal Traore va polshalik markaziy himoyachi Maykl Pavlik “Nasaf”ning Qarshidagi yig'inlarida ishtirok etayotgan edi.

Oradan biroz vaqt o'tib “Nasaf” rahbariyati polshalik legionerni ortiga qaytarib yuborgan bo'lsa, yigirma yoshli Traoreni Qarshida olib qolgan edi. Lekin negadir u “ajdarlar”ning Turkiyadagi yig'iniga jalb etilmadi?

Ma'lum bo'lishicha, “Nasaf” Traore bilan ikki yillik shartnoma tuzgan va klub rahbariyati katta ehtimol bilan uni Pro-ligaga tushib ketgan Samarqandning “Dinamo” klubiga ijaraga berib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia