"Nasaf" bu yil o'z uyida mag'lub bo'lmagan yagona jamoa

Narzulla Saydullayev
2 noya 2013, 12:31
Ertaga Qarshida "Nasaf" va "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan bu o'yin katta qiziqishga sabab bo'lmoqda. Agar bu o'yinda "Bunyodkor" g'alaba qozonsa muddatdan oldin chempion bo'ladi. "Nasaf" g'alaba qozonsa chempionlik uchun imkoniyatini yaxshilab oladi.

Bu mavsumda "Nasaf" o'z uyida jami 12ta o'yin o'tkazgan va umuman mag'lub bo'lmagan. 10ta uchrashuvda "ajdarlar" zafar quchishgan va ikkita bahsda durang o'ynashgan. Takidlash lozimki, 2013 yilgi oliy ligada "Nasaf" o'z maydonida mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.

"Nasaf" - "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yin 3 noyabr kuni soat 14:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia