“Nasaf” Berdiev boshchiligida ilk marta “Olmaliq”ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2015, 17:02
Tajribali mutaxassis Ro'ziqul Berdiev “Nasaf” bosh murabbiyligiga tayinlangandan buyon uning jamoasi ilk marta “Olmaliq”dan ustun keldi.

2012 yili Berdiev “Nasaf”ni birinchi davraning yarmigacha boshqargan keyinchalik iste'foga chiqarilib, mavsum oxirida yana jamoani qabul qilib olgandi. O'sha mavsumda “Nasaf” Usmon Toshev murabbiyligida Qarshida “Olmaliq”ni mag'lub etggandi. Keyinchalik 2013 va 2014 yilgi mavsumlarda “Nasaf” Berdiev murabbiyligida “Olmaliq” jamoasi bilan Qarshida ham, Olmaliqda ham durang natija qayd etdi. Joriy mavsumning birinchi davrasida esa “Nasaf” o'z tarixida ilk marta “Olmaliq”qa mag'lub bo'ldi (0:2). Kecha o'tkazilgan Oliy liganing 17-turida “Nasaf” Qarshida “Olmaliq”ni taslim etib (2:0), uch yillik qora ananaga barham berdi. Shuningdek, Berdiev “Nasaf” bilan oltinchi urinishda Shkvirin jamoasidan uch ochko ishlashga erishdi.

Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida jamoamizning “Olmaliq” bilan qayd etgan natijalari:


2013 yil.
“Nasaf”  - “Olmaliq” 2:2.
“Olmaliq” – “Nasaf” 2:2.
 
2014 yil.
“Olmaliq” – “Nasaf”1:1.
“Nasaf” – “Olmaliq” 2:2.
 
2015 yil.
“Olmaliq” – “Nasaf” 2:0.
“Nasaf” – “Olmaliq” 2:0.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz