

O'yinda "Nasaf" 2:1 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bahsda hisobni mehmonlar penaltidan ochishdi. Kecha golni "Andijon"ning legioner futbolchisi Denis Ilesku urgani haqida ma'lumot berilgandi. "Andijon" klubi vakili Ulug'bek Mirzaev vaziyatga oydinlik kiritdi. Ma'lum bo'lishicha, penaltidan golni Ilesku emas Dilshod Jo'raev urgan.



