"Nasaf" Albaniya klubi bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2018, 09:21
Turkiyada yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirayotgan “ajdarlar” navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

Nazorat uchrashuvi Albaniya super-ligasi ishtirokchisi “Lyuftetari” jamoasi bilan bo'lib o'tdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. "Nasaf" safida Islom Kenjaboev 57-daqiqada gol urdi. “Nasaf” 18 yanvar kuni yana bir nazorat uchrashuvini Qozog'istonning “Qizil-Jar” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

"Nasaf" - “Lyuftetari” 1:1

Gollar: Islom Kenjaboev - ...

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Sharof Muhitdinov, Maqsud Karimov, Umarbek Eshmurodov, Igor Golban, Dilshod Saidov, Akmal Mozgovoy, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov.
Zaxiradan tushganlar: Sanjar Rashidov, Sherzod Nasrullaev, Najmiddin Normurodov, Jahongir Aliev, G'olib G'aybullaev, Mirg'iyos Sulaymonov.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz