"Napoli" Manolasning transferini bugun e'lon qilishi mumkin
30 iyun 2019, 19:15
"Roma" himoyachisi Kostas Manolas "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, klublar 28 yoshli o'yinchining transferini bugun e'lon qilishlari mumkin. Avvalroq, gretsiyalik futbolchi uchun "Napoli" 36 million evro to'lashi va Manolas yiliga 4,5 million evro olishi aytilgandi.