"Napoli" "Lill" himoyachisi uchun 25 million evro to'lamoqchi

Alisher
19 iyun 2020, 16:10
"Lill" himoyachisi Gabriel tez orada "Napoli"ga o'tadi.

Bu haqda italyan matbuoti xabar tarqatmoqda. Neapolliklar o'yinchi uchun 22 million evro to'lashadi, bundan tashqari 3 million bonuslar ko'rinishida taqdim etilishi belgilangan.

Gabriel neapolliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchi Neapolda 2 million evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, "Lill" himoyachisiga oldinroq Madridning "Real" klubidan qiziqish bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com