"Napoli" Belotti bilan kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
3 avg 2018, 13:00
"Napoli" klubi "Torino" hujumchisi Andrea Belotti bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi.

"SportItalia"ning xabar berishicha, tomonlar 5 yillik kelishuvga erishishga yaqin. Unga ko'ra, o'yinchining yillik maoshi 3,5 mln evroni tashkil etadi. Endi har ikki klub o'zaro kelishib olsa bo'lgani. Neapolliklar forvard uchun 50 million evro to'lashga tayyor. "Torino" esa Belottini 65 millionga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: SportItalia