"Napoli" "Barselona" taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2017
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Napoli" hujumchisi Lorenco Insinening xizmatlariga qiziqish bildirgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispan grandi futbolchi uchun 60 mln. evro taklif qildi, biroq Neapol klubi taklifni rad etdi, chunki ular o'z futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas. "Barselona" avval ham Insine xizmatlariga qiziqish bildirgan, biroq Neymarning PSJga o'tganidan so'ng, kataloniyaliklar yana harakatlarni boshlab yuborishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport