Nani: "Zaa va Yanuzay – kuchli harakterga ega bo'lgan yaxshi futbolchilar"

Narzulla Saydullayev
14 noya 2013, 15:14
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nani jamoaning ikki yosh futbolchilari - Uilfrid Zaa va Adnan Yanuzaylarning istedodiga yuqori baho berdi.
"Zaa va Yanuzay – uchli harakterga ega bo'lgan yaxshi futbolchilar, deb bilaman. Yaxshi saxsiy sifatlarga ham ega ularning har ikkisi. Ular o'zlariga berilgan imkoniyatdan oqilona foydalana olishgani xursand qildi. Har qanday yosh futbolchi uchun o'zini namoyish eta olish va tarkibdan mustahkam o'rin olish juda muhim", deya Nani so'zlaridan klub rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net