Nani: "Ronaldu hatto 40 yoshida ham Portugaliya terma jamoasi uchun foydali bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
9 noya 2016, 12:46
"Valensiya" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Nani Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu manziliga iliq so'zlarni yo'lladi.
"Ronaldu istalgan futbolchining faoliyatidagi eng muhim sovrinni qo'lga kiritdi. U "Oltin to'p"ga loyiq. U qaysi jamoa tarkibida maydonga tushsa, o'sha jamoaning yetakchisi bo'ladi. U ishonch bildirish mumkin bo'lgan va jamoadoshlarini ruxlantira oladigan muhim o'yinchi. U hatto 40 yoshida ham yaxshi formada bo'ladi va terma jamoa uchun foyda keltirishi aniq", - deya Nanining so'zlarini keltirmoqda "Marca".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca