

Italiyalik mutaxassisni "Manchester Yunayted"ning yangi rahbari Jim Retkliff olib kelishni reja qilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, 71 yoshli biznesman amaldagi murabbiy Erik ten Xagning ishlaridan qoniqish hosil qilmayapti.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda MYU APLning 6-pog'onasida ketmoqda. "Brayton" esa 7-o'rindan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, De Dzerbining amaldagi jamoasi bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnomasi bor.



