De Dzerbi "Tottenxem"da ishlashga tayyor, agar...

Khoja
24 mar 2026, 09:23
"Brayton" va "Marsel"ning sobiq murabbiyi Roberto De Dzerbi "Tottenxem"da ishlashga tayyorligini bildirdi.

Hozirgi xalqaro tanaffusda "shporlar" rahbariyati vaqtinchalik murabbiy Igor Tudor bo'yicha qaror qabul qilishi kerak, chunki u jamoa natijalarini barqarorlashtira olmadi. Manba ma'lumotlariga ko'ra, Tudor bu davrda o'z lavozimida qolsa ham, kelgusi mavsumda "Tottenxem"da ishlamaydi. Klub yangi doimiy murabbiy topishi kutilmoqda.

Bu lavozimga da'vogarlar orasida Maurisio Pochettino va yanvar oyida "Marsel"dan ketganidan beri ishsiz yurgan De Dzerbi bor. Pochettino ayni vaqtda AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. De Dzerbi esa jamoani boshqarishi uchun londonliklar APLda qolishlari lozim bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: skysport