MYUning sobiq futbolchisi: "Lukaku yo'q bo'lsa, "Yunayted" ajoyib jamoaga aylanadi"

Mirjalol Normatov
10 noya 2018, 20:14
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Ins derbidan oldingi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Barchasi ko'rinib turibdi. Chorshanba kuni Aleksis "Yuventus"ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi. Maydonda Lukaku yo'q edi. Shunday holatda "Yunayted" ajoyib jamoaga o'xshab ko'rinadi.

Lukakusiz o'yinlarda "Yunayted" futbolchilari to'pni shunchaki oldinga tepib yuborishdan voz kechishi, uning o'rniga qanotlarni ishlatishi kerak.

Lukaku borligida esa jamoa boshqacharoq o'yin ko'rsatsa yaxshi bo'lardi. To'g'risini aytsam, Lukakusiz o'tgan o'yinlarni ko'rish yoqimliroq", - dedi Ins.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror