

Bu haqda "L`Equipe" nashri xabar bermoqda. PSJ ayni damda bu mavsumda shartnomasi tugaydigan Janluijji Buffonning o'rniga munosib nomzod izlamoqda.
Oldinroq "Manchester Yunayted" YCHLga chiqa olmaydigan bo'lsa, David De Xea jamoani tark etishi borasida ma'lumotlar berilgandi.
Bu mavsumda 46 o'yinda MYU darvozasini qo'riqlagan ispaniyalik kiper 10 bora o'z darvozasini quruq saqlab qola oldi.
Uning shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi. Davidning transfer narxi 70 million evroga teng.
Oldinroq MYU yarim himoyachisi Ander Errera PSJga o'tishi borasida ma'lumotlar berilgandi.



