Myuller tizzasidan jarohat oldi va Germaniyaning Vengriyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
21 iyun 2021, 18:01
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller jamoaning Evro-2020 doirasidagi Vengriyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Nemis milliy jamoasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi o'ng oyoq tizzasidagi jarohat sabab mashg'ulotni o'tkazib yubordi.

Bild'ning xabariga ko'ra, o'yinchi Vengriyaga qarshi maydonga tushmaydi, uning shuningdek nemislar pley-offga chiqsa, Yevropa chempionati 1/8 finalida o'ynashi ham so'roq ostida.

Eslatib o'tamiz, Germaniya - Vengriya o'yini 23 iyunda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild