MYU yozda 6 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2015, 12:57
"Manchester Yunayted" yozda o'zining 6 nafar futbolchisini qo'yib yubormoqchi, deb xabar bermoqda Daily Star nashri.
Ketishi mumkin bo'lganlar ro'yxatidan quyidagi futbolchilar o'rin olishgan: Rafael, Tom Kleverli ("Aston Villa"da ijarada), Xaver Ernandes ("Real"da ijarada), Anders Lindegor va Jonni Evans. Bundan tashqari "Old Trafford"ni "Monako"dan ijaraga olingan Radamel Falkao ham tark etishi mumkin.

Ushbu futbolchilarning sotuvidan tushgan pullarga Lui van Gal bir qator yangi futbolchilarni sotib olmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru