MYU yozda 250 mln. funt sarflamoqchi. Futbolchilar nomi ham ma'lum

Aslanov Jasurbek
21 may 2018, 14:18
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub rahbariyatiga yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirmoqchi ekanligi haqida aytgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis tarkibni kuchaytirish uchun 250 mln. funt (286 mln. evro) so'ragan. "Manchester Yunayted" yarim himoyachi roliga "Shaxtyor"dan Fred, "Napoli"dan Jorjino, "Nicca"dan Jan-Mishel Serini ko'rib chiqmoqda. Mankunianlar "Real" hujumchisi Garet Beylni ham nishonga olishgan. Ingliz klubining yaqin vaqt ichidagi ilk transferi "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro bo'lishi mumkin.

"Manchester Yunayted"ni Deyli Blind, Matteo Darmian, Lyuk Shou va Antoni Marsyallar tark etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror