MYU va "Tottenxem" "Chelsi"ning sobiq futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
9 okt 2018, 18:55
Qishki transferlar oynasi vaqtida Joze Mourinyo "Manchester Yunayted"ning himoya chizig'ini mustahkamlamoqchi.

Daily Star xabariga ko'ra, "qizil iblislar"ning maqsadi - "Bornmut" himoyachisi Natan Ake bo'ldi. Futbolchi bir vaqtlar "Chelsi"da Mourinyo bilan faoliyat olib borgan. Gollandiyalik futbolchi 23 mln evroga baholanmoqda.

Akega shuningdek, "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda. Jamoa uni qishda ketishi mumkin bo'lgan Tobi Alderveyrldning o'rniga olib kelmoqchi.

Ake bu mavsum "Bornmut" safida barcha 8 turda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star