MYU va "Barselona" 120 mln. evrolik himoyachiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2019, 11:45
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali "Manchester Yunayted" va "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klublar futbolchi transferi haqida yozda muzokara o'tkazishmoqchi.

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis 27 yoshli senegallik himoyachi transferidan 120 mln. evro ishlab olmoqchi. O'tgan yozda "Napoli" Kulibalini 70 mln. evro evaziga "Chelsi"ga bermagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport