MYU ustozi 3ta o'yinga chetlatildi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2024, 12:41
Darren Fletcher hakamlar bilan ziddiyat tufayli 3ta o'yinga diskvalifikaciya oldi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi ma'lum qilishicha, "Manchester Yunayted" ustozi 19 oktyabr kuni "Brentford"ga qarshi bahsda hakamlar bilan ziddiyatga borgani tufayli 3ta o'yinga chetlatildi va 7500 funt jarimaga tortildi.

"Yunayted" shtabi mankunianlar maydonda kamchilik bo'lib qolganida Itan Pinnok goli uchun etiroz bildirishgandi. Gol sodir bo'lganda hakam Matteys de Ligtga boshidagi jarhat tufayli maydonga qaytishga ruxsat bermagan edi.

O'shanda Erik ten Xag va Rud van Nistelroylar etiroz uchun sariq kartochka bilan jazolanishgan, Fletcher esa tanaffus paytida hakamlar bilan janjallashgandi.

Futbol assotsiatsiyasining ma'lum qilishicha, MYU sobiq futbolchisi hakamlar brigadasi bilan muloqot vaqtida "haqoratli so'zlar"dan foydalangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN