

Jamoa "Sherif"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng pley-off yo'llanmasini naqd qildi. Endi MYU aniq ikkinchi o'rindan pastga tushib kyetmaydi.
So'ngi turda jamoa "Real Sosedad"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Qayd etish lozimki, MYU so'nggi 8 yil ichida 4-marotaba Yevropa ligasining pley-offida o'ynaydi. 2020/21 yilgi mavsumda MYU finalgacha yetib borgan. 2016/17 yili esa musobaqada g'olib chiqqan.



