MYU sobiq futbolchisi: "Mourinyoni Rojdestvogacha xaydab yuborishsa kerak"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2018, 21:30
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Li Sharpning fikricha, jamoani Joze Mourinyo boshqarar ekan, uning kelajagi bo'lmaydi.

"Bu mavsum MYUdan nima kutyapman? Murabbiyni Rojdestvogacha xaydab yuborishlarini. Agar u etiroz bildirishda davom etsa, odamlar murabbiy ketishini istab qolishadi.

Mourinyodan negativ tarqaladi, u doimo tarkibdan noliydi. Mutaxassis bu ishdan zerikkan ko'rinadi. Yangi mavsumni kutayotgan futbolchi murabbiydan salbiy fikr eshitishi juda yomon.

Jozedan hujumkor futbolchilar etarlicha, shu sababli himoyaviy o'yinni tanlash - sharmandalik" - deydi Sharp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports