MYU Lingard bilan shartnomani uzaytirmoqchi

24 sen 2020, 00:05
"Manchester Yunayted" Jessi Lingard bilan imzolangan amaldagi shartnomada ko'rsatilgan hamkorlik bitimini uzaytirish (12 oyga) to'g'risidagi banddan foydalanmoqchi.

"Qizil iblislar" rahbariyati yaqin kunlar ichida yarim himoyachiga taklif bilan chiqishi kutilmoqda.

27 yoshli xavbekning MYU bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq Lingardga "Zenit" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. Ma'lum bo'lishicha, rus jamoasi bosh direktori Aleksandr Medvedev ushbu transferga qarshi chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports