MYU Lautaroni tarkibga qo'shib olmoqchi

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 23:30
"Manchester Evening News" nashrining yozishicha, "Inter" forvardi Lautaro Martines jamoasini o'zgartirish niyatida.

Futbolchi bu borada klubga murojaat bilan chiqib, o'zini transferga qo'yilishini so'ragan. Unga "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda. Undan tashqari "Barselona" hamda PSJ kabi klublar ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

Futbolchining agenti Jorje Mendesh esa mijoziga jamoa qidirish bilan band bo'lmoqda. Martines ushbu mavsumda barcha turnirlarda 13 o'yinda qatnashib, hisobiga 6 gol va 3 assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News