MYU ko'zlab turgan futbolchi uchun "Real" kurashga qo'shildi

Mirjalol Normatov
11 yanv 2019, 17:41
"Real" ham "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali uchun kurashga qo'shildi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "qirollik klubi" 27 yoshli futbolchini 100 million evroga sotib olishga tayyor turibdi.

Hozirda senegallikka "Barselona" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Bu mavsumda Kulibali "Napoli" tarkibida 27 o'yinda qatnashib, 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports