

Uchrashuvdan keyin o'yinda penaltidan oxirgi golni kiritgan Antoni Marsyal va himoyachi Matteo Darmian ayni paytda "Everton"da to'p tepayotgan MYUning sobiq o'yinchisi Morgan Shnayderlin bilan ko'rishishdi va birga bouling o'ynashdi. Bu haqda Britaniyaning "DailyMail" nashri ma'lum qildi.
Morgan "Irislar"ning qolgan vakillari bilan birga ortga qaytmadi va sobiq jamoadoshlari bilan ko'rishgan holda tunni Manchestyerda o'tkazdi.
Antoni Marsyal qiz o'rtog'i Milani Da Kruz bilan, Matteo Darmian turmush o'rtog'i Franseska bilan, Morgan Shnayderlin turmush o'rtog'i Kamilla bilan birga keldi.

Chapdan birinchi Matteo Darmian, ikkinchi Morgan Shnayderlin, eng oxirgi Antoni Marsyal.

Shnayderlin sobiq jamoadoshlarini tabriklamoqda.

Antoni Marsyal va uning qiz o'rtog'i Meoani Da Kruz.

Hammaning kayfiyati a'lo.

Darmian va uning turmush o'rtog'i Franseska.

Fransiyalik Antoni Marsyal muxlislari bilan rasmga tushishga ham ulgurdi.



