MYU Dembeleni sotib olmaydi

9 iyul 2020, 01:34
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati "Lion" forvardi Mussa Dembeleni xarid qilish variantidan voz kechdi, deb xabar qildi Daily Star.

"Qizil iblislar"ning bunday qarorga kelishiga fransiyalik futbolchiga to'lanishi kerak bo'lgan maoshning yuqoriligi sabab bo'lgan. Shuningdek, Meyson Grinvudning so'nggi paytlarda ko'rsatayotgan muvaffaqiyatli o'yini ham yakuniy qarorga ta’sir qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Star