MYU bunday noxush ko'rsatkichni Yevropa Ligasida ilk marta qayd etdi

4 okt 2019, 07:54
Sulsher jamoasi Yevropa Ligasi 2-turidan o'rin olgan AZga qarshi bahsda 0:0 hisobini qayd etdi.

Qizig'i, “Qizil iblislar” mazkur o'yin davomida AZ darvozasi tomon bitta ham aniq zarba yo'lla olmadi. Uchta zarba to'sib qolingan bo'linsa, yana uchtasi darvoza yaqinidan o'tib ketdi. Bunday holat MYU bilan Yevropa Ligasida ilk marta sodir bo'ldi.

AZ esa ushbu o'yinda 12 ta zarba berdi, to'rttasi esa darvoza tomon aniq bordi.

MYU 4 ochko bilan “L” guruhida 2-o'rinni band etib turibdi, AZ bo'lsa, 2 ochko bilan 3-o'ringa joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta