MYU bugun yangi futbolchining transferini e'lon qiladi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2017, 07:31
Chelsi yarim himoyachisi Nemanya Matich Manchester Yunaytedga o'tishga yaqin.

28 yoshli serb mankunian klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tdi va bugun rasman MYU futbolchisi sifatida tanishtiriladi.

Matich 40 million funt evaziga Manchesterga ko'chib o'tadi. Yana 5 mln bonus ham bor.

Shu tariqa, futbolchi MYU safida chorshanba kuni Dublinda Sampdoriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida debyut qilishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk