MYU Beyl uchun kurashdan chiqdi, uelslikka yangi da'vogar topildi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2018, 14:45
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl A Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, uelslik xavbek endi Madrid klubida muhim futbolchi emas, uni yozda sotishni ko'rib chiqishmoqda.

Beyl transferidan tushgan pullar, hujumchi xaridiga sarflanishi rejalashtirilmoqda.

Futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun asosiy variant sifatida "Inter" ko'rsatilmoqda. Milan klubi - uelslik uchun katta pul ishlatishga tayyorlardan biri.

"Manchester Yunayted" "Arsenal"dan Aleksis Sanchesni sotib olganidan so'ng, Beylga bo'lgan qiziqishini yo'qotdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent