Mxitaryan "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tdi

Alisher
22 iyun 2022, 18:51
Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan Milanning "Inter" klubiga o'tishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, armanistonlik xavbek "Inter"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Mxitaryan bir hafta oldin kelishilganidek 2 yillik shartnomaga imzo chekishi qoldi. Eslatib o'tamiz, futbolchi "Inter"ga tekinga tushmoqda, sababi futbolchi "Roma" bilan shartnomasini uzaytirishni rad etgan va erkin agent maqomida klubni tark etgan edi.

Eslatib o'tamiz, Mxitaryan A Seriyada uchinchi mavsum harakat qilmoqda. Genrix o'tgan mavsum "Roma"ga Konferenciyalar Ligasini yutishda yordam bergandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano