

Mxitaryan "Xoffenxaym"ga qarshi bahsning 80-daqiqasida o'z jamoasi uchun muxim golni urdi, o'sha paytda "Borussiya" mag'lubiyatga uchrayotgan edi, keyin esa armanistonlik golli pas berdi. Natijada dortmundliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Mxitaryan muxlislarning 47% ovoziga ega bo'lib, so'rovnomada g'olib bo'ldi. Ikkinchi o'rinni "Gerta" hujumchisi Vedad Ibishevich, uchinchisini "Gannover" himoyachisi Kristian Shulc egalladi.



