Muzaffar Olimjonov: "Keyingi uchrashuvlarda ham shu tempda davom etishimiz kerak"

Omonjon To`xtamirzayev
13 avg 2024, 18:35
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing o'tgan turida o'z maydonida "Andijon"ni qabul qildi (2:0).

Mazkur uchrashuvdan so'ng "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Muzaffar Olimjonov fikrlarini bildirdi. 

"Oddiy o'yin bo'lmasligini bilar edik. Ikkinchi davrada biz uchun o'tkinchi uchrashuv yo'q. Shu bois borimizni berishimiz talab etiladi. "Andijon" bilan o'yinga kelsak, muhimi uch ochkoga ega chiqdik.  Murabbiylarning ko'rsatmalarini bajardik. G'alaba bilan muxlislarni, klubdagilarni tabriklaymiz. 

Oldinda ham qiyin bahslar kutib turibdi. Xuddi shu tempda davom etishimiz kerak",- deydi Muzaffar Olimjonov. 

Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" navbatdagi turni 19 avgust kuni Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia