Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag'ishlangan futbol festivali bo'lib o'tdi

Оқил Абдубарноев
31 avg 2023, 23:38
“Sho'rtan” klubi mustaqilligimizning 32 yilligiga bag'ishlab, 2010 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida “Futbolimiz kelajaklari” shiori ostida futbol musobaqasini o'tkazdi.

Futbol festivalida o'nga yaqin jamoa ishtirok etdi. Turnirda Komil Jo'raev boshchiligidagi g'uzorliklar faxrli 1-o'rinni, G'uzor tumani bolalari 2-o'rinni, akademiyaning Nurali Padarov boshchiligidagi yana bir jamoasi esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi. 

Tadbir so'nggida jamoalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Sovrindorlarga diplom va esdalik sovg'alarini “Sho'rtan” futbol akademiyasi murabbiylari topshirishdi.


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia