Murod Xolmuhammedov: “Tezkor gol rejamizni buzib yubordi”

Narzulla Saydullayev
16 mar 2018, 22:46
Superliga 3-turidan o'rin olgan “Metallurg” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin mehmonlar yetakchisi Murod Xolmuhammedov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun Bekobodga faqat g'alaba uchun kelgandik. Lekin o'yin boshida o'tkazib yuborilgan gol rejalarimizni buzib yubordi. Bugun vaziyatni o'nglash uchun qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Lekin omadimiz kelmadi.

Bugun bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonib ularni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Murod Xolmuhammedov. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz