Murod Ismoilov yangi jamoada ish boshladi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2020, 08:42
Tajribali mutaxassis Murod Ismoilov "Turon" klubi tizimida ish boshladi.

Taniqli murabbiy Murod Ismoilov endilikda "Turon" klubi tizimida ishlaydigan bo'ldi. Tajribali mutaxassis jamoa o'yinlari tahlili bilan shug'ullanuvchi ekspert lavozimida, shuningdek klub akademiyasi direktori sifatida faoliyat olib boradi. 

Ma'lumot o'rnida Murod Ismoilov hozirga qadar "Paxtakor", "Neftchi", "Qo'qon-1912" klublarida bosh murabbiy, "Metallurg" jamoasida yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати