Murod Ismoilov: “Biz oxirigacha kurashamiz”

29 okt 2013, 18:44
Bugun bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi
- Bugungi uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlar to'laligicha o'zlariga bildirilgan ishonchlarni oqlashdi.
- “Neftchi”ning bugungi o'yini borasida qanday fikrdasiz?
 

-  Bugun farg'onaliklar ham g'alaba qozonish uchun harakat qilishdi. Menimcha, bugun mezbonlarga kuchli bosim o'z ta’sirini o'tkazgan ko'rinadi.  Muxlislar oldida so'nggi uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashni hech kim istamasligi aniq. Biz esa o'z maqsadimiz Chempionlar ligasiga beriladigan yo'llanma uchun kurashni davom ettiramiz”.

Manba: fcneftchi.uz